Jahon | 22:20 / 20.01.2018
17005
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya samolyotlari Suriya shimolidagi kurdlarni bombardimon qilmoqda

Turkiya aviatsiyasi Suriyaning Afrin mintaqasida «Zaytun novdasi» nomli operatsiya doirasida mintaqaga dastlabki aviazarbalarni yo‘lladi.

20 yanvar kuni kunduzi Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh Xatay viloyatida, Rayhonli va Kirikxan tumanlarida harbiy samolyotlar paydo bo‘lgan. Samolyotlar chegarani kesib o‘tib, Afrinni «snaryadlarning portlash ovozlari» tutgan.

Aviazarbalar kurdlarning «Demokratik ittifoq» (PYD) partiyasi va «Xalq o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlari» (YPG) pozitsiyalari tomon berilmoqda.

Turkiya bu kuchlarni o‘z hududidagi Kurdiston ishchilar partiyasiga aloqador hisoblaydi va o‘z xavfsizligiga tahdid sifatida ko‘radi.

Suriya muxolifati hisoblanadigan «Suriya ozodlik armiyasi» ham kurdlarga qarshi Turkiyaga yordam bermoqda.

Bundan avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Suriyaning Afrin mintaqasida kurdlarga qarshi turk harbiy operatsiyasi boshlanganini e'lon qildi. Ko‘p o‘tmasdan Turkiya Bosh shtabi Afrinda «Zaytun novdasi» nomli amaliyot boshlanganini ma'lum qildi.

19 yanvar kuni Turkiya Mudofaa vaziri Nuritdin Janikli Afrindagi operatsiya amalda boshlanib bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi. U Turkiya Suriyada quruqlik amaliyotlari o‘tkazishini to‘xtatib bo‘lmasligini qo‘shimcha qilgandi. Shu kuni turk artilleriyasi Suriya shimolidagi hududlarni o‘qqa tutdi.

Mavzuga oid