Dunyodagi barcha boylikning 80 foizdan ortig‘i Yer aholisining 1 foiziga tegishli
2017 yilda paydo bo‘lgan barcha boyliklarning taxminan 82 foizi Yerning 1 foiz aholisiga tegishli. Bu haqda RNS Oxfam tashkiloti hisobotiga tayangan holda xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, jahondagi eng badavlat odamlar boyligi o‘tgan yilda 762 mlrd AQSh dollariga ko‘paygan.
Bundan tashqari, ko‘rsatilgan davrda dollar milliarderlari sonining butun tarixdagi rekord o‘sishi qayd qilindi. Ayni damda ularning soni 2043 kishini tashkil etmoqda.
«Milliarderlar umumiy boyligining to‘rtdan uch qismi meros sifatida o‘tgan. Kelayotgan 20 yilda, jahondagi eng boy 500 kishi o‘z merosxo‘rlariga qariyb 2,4 trln AQSh dollari qoldiradi – bu 1,3 mlrd kishi istiqomat qiluvchi Hindiston YaIMdan ham ko‘proqdir», - deyiladi tadqiqotda.
O‘tgan yili Osiyo milliarderlar soni bo‘yicha tarixda birinchi marta AQShni ortda qoldirgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:20 / 10.12.2024
Bill Geyts milliarder bo‘lishda yordam bergan bolaligidagi odati haqida aytib berdi
23:45 / 09.12.2024
Hindistonlik milliarderlarning umumiy boyligi 905 mlrd dollardan oshdi
18:28 / 04.12.2024
Italiya avstriyalik milliarder Rene Benkoni hibsga olishga order berdi
21:33 / 24.11.2024