Jahon | 02:00 / 23.01.2018
10138
1 daqiqa o‘qiladi
«Oltin to‘p» sohibi Jorj Vea Liberiya prezidenti sifatida qasamyod keltirdi
1995 yilda jahonning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgan Jorj Vea Liberiyaning yangi prezidenti sifatida qasamyod keltirdi.
«Men umrimning ko‘p yilini stadionlarda o‘tkazganman, lekin bugungi hissiyotlarimni biror narsaga qiyoslay olmayapman.
Bu g‘alabaga mamlakat yoshlarining, ayollarining qo‘llovisiz erishishim mumkin bo‘lmas edi», — degan Vea inauguratsiya marosimi chog‘ida. Yangi prezidentning so‘zlarini BBC keltirmoqda.
Prezidentning qasamyod keltirish marosimi Liberiya poytaxti Monroviyadagi futbol stadionida bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
20:18 / 06.11.2024
Tramp inauguratsiyasi sanasi belgilandi
00:24 / 02.10.2024
Klaudiya Sheynbaum Meksika prezidenti lavozimiga kirishdi
18:22 / 27.09.2024
O‘zbekiston Afrikaning ikki davlati bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi
07:56 / 31.07.2024