O‘zbekiston | 09:39 / 27.01.2018
18599
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda milliy avtomobillar haqida animatsion film ishlanmoqda

Foto: Uzbekkino.uz

«O‘zbekkino» Milliy agentligi badiiy kengashi tomonidan muallif Ismoil Shomurodovning «Matizning sarguzashtlari» nomli ko‘p qismli multfilm ssenariysi ma'qullandi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar tarqatdi.

Ushbu animatsion filmning qahramonlari - O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillardan tashkil topgan bo‘lib, unda bosh qahramon - kichkintoy «Matiz» bilan bog‘liq turli qiziqarli sarguzashtlar hikoya qilinadi. Filmni yaratishda Abdulatif Haydarov boshchiligidagi animatorlar guruhi hamda rassom Zilola Hamidova ijod qilmoqda.

Hozirda multfilmning dastlabki 6 qismi bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Yil so‘ngiga qadar ushbu yangi multfilmni bolajonlar e'tiboriga taqdim etish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid