General-mayor Abdulla Qo‘ldoshev xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashdi
IIV Yong‘in xavfsizligi institutiga joriy yilning 23 yanvar kuni Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi konsuli Kim Yong Xyon, 24 yanvarda esa Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisining maslahatchisi Suda Asushi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Bu haqda IIV saytida xabar berilgan.
Institut boshlig‘i, general-mayor A.Qo‘ldoshev mehmonlarni ta'lim muassasasining bugungi kundagi faoliyati hamda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirdi. Muloqot chog‘ida Koreya Respublikasi va Yaponiyaning yong‘in xavfsizligi yo‘nalishida mutaxassis kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvlarda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha kelishib olishdi. Shuningdek, IIV Yong‘in xavfsizligi instituti Koreya Respublikasi Ma'muriy boshqaruv va xavfsizlik vazirligining Yong‘in xizmati milliy Akademiyasi hamda Yaponiya Yong‘in va favqulodda holatlar agentligi Tokio Yong‘in xizmati agentligi Akademiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Memorandum loyihasi ham taqdim etildi.
Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlik va tajriba almashishga doir boshqa dolzarb masalalarni ham muhokama qilishdi.
Mavzuga oid
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
08:45 / 20.12.2024
Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi
23:26 / 18.12.2024
Toshkentda avtobus yonib ketdi
15:29 / 17.12.2024