O‘zbekiston | 13:00 / 29.01.2018
32691
3 daqiqa o‘qiladi

«Qanday lavozimda ishlamasinlar, hech qachon vakolatlarini suiiste'mol qilmaganlariga guvohman» - Tatyana Karimova

Foto: Getty Images

Islom Karimov fondining Facebook’dagi sahifasida O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova bilan suhbat e'lon qilindi. Unda Tatyana Karimova birgalikda kechirilgan hayot, o‘sha paytdagi qiyinchiliklar haqida aytib o‘tdi.

“To‘ydan keyin Toshkentdagi ikki xonali kvartirada juda oddiy hayot kechira boshladik. Bu kvartirani Islom Abdug‘aniyevich Davlat plan komiteti raisining yordamchisi bo‘lgan kezlarda olganlar. Tinch-totuv yashaganmiz, maoshimiz uncha katta bo‘lmagani bois ta'mir ishlarini o‘zimiz qilganmiz. Bo‘yoq olib kelib, o‘zimiz xona oqlaganmiz, eshik bo‘yaganmiz, polni loklaganmiz, balkon derazasiga oyna solganmiz. Hech qachon ta'mir ishidan qochmaganmiz. Odatda, Islom Abdug‘aniyevich uydagi ta'mir yumushlarini o‘zlari qilardilar. Barcha ishlari baroridan kelar edi. Sirasini aytganda, u kishi barini o‘z qo‘llari bilan qilishni yaxshi ko‘rardilar. Kerak paytda qidirib qolmasdik,turli asboblar solingan butun boshli jomadonim bo‘lardi. Parma, bo‘yoq cho‘tkasi, qisqich, ombur, buragich, bolg‘a va boshqa birtalay asboblar zarur paytda asqotardi. 

Bir gal Islom Abdug‘aniyevich pol bo‘yayotib lok hididan qattiq zaharlandilar. Kuchli astma xuruji boshlandi, lekin “tez yordam” chaqirishga izn bermadilar. Tuni bilan sut ichirdim. O‘sha voqeadan keyin bo‘yoq hidini xushlamaydigan bo‘lib qoldilar.

Islom Abdug‘aniyevich shanba va yakshanba kunlari odatda soat 4 ga qadar ishlardilar, keyin zarur bo‘lsa birgalikda oqlash va bo‘yash yumushlarini qilardik.

Islom Abdug‘aniyevich qanday lavozimda ishlamasinlar, hech qachon xizmat vazifasidan foydalanmaganlari, vakolatlarini suiiste'mol qilmaganlariga guvohman. U kishidan pastroq darajadagi mansabdorlar ham boshqacha yashar va shu bois gohida umr yo‘ldoshimning ustlaridan kulishar edi. Ammo bu – Islom Abdug‘aniyevichning qat'iy pozitsiyasi edi.

Hatto davlat bog‘-hovlisida yashaganimizda ham avvalgidek aksar ishlarni o‘zlari qilishni afzal bilardilar. Masalan, kechqurun ishdan keyin devorga kartina osish yoki mebel o‘rnini o‘zgartirish fikri tug‘ilib qolardi. Garchi men e'tiroz bildirib, bu ishni ertasi kuni xizmatchilar bilan qilishlarini so‘rasam-da, Islom Abdug‘aniyevich kutib o‘tirmay o‘zlari ishga kirishib ketardilar”.

Mavzuga oid