Jahon | 12:20 / 29.01.2018
21426
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar dunyoning barcha xalqlari uchun universal tilni ma'lum qilishdi

Foto: Fotolia

Butun insoniyat uchun muloqot qilishning universal vositasi musiqa sanaladi. Harvard universitetidan bo‘lgan amerikalik olimlar shunday xulosaga kelishdi.

Surrent Biology’ning ta'kidlashicha, tadqiqotda 60 mamlakatdan bo‘lgan 750 nafar internet foydalanuvchi ishtirok etdi. Barcha qatnashchilarga turli xalqlar va madaniyatlarga tegishli, tasodifan tanlangan kompozitsiyalardan kichik bir qismni tinglash taklif etilgan.

Sinovda qatnashganlar qo‘shiq janrini aniqlashlari va ushbu musiqa tufayli qanday kayfiyatga tushganliklarini bildirishlari lozim edi. Ko‘p holatlarda insonlar musiqa yo‘nalishi hamda xarakterini aniq topishgan, garchi bu haqda avval ma'lumotga ega bo‘lishmagan.

Olimlar qo‘shiqlar janri va ularning turli madaniyat vakillari tomonidan sub'yektiv baholanishi o‘rtasida aloqa borligini ham aniqlashdi. 

Mavzuga oid