Iqtisodiyot | 08:04 / 30.01.2018
6999
1 daqiqa o‘qiladi

5 yilda 50 mlrd dollar. Exxon Mobil ulkan rejalari haqida ma'lum qildi

Foto: Matthew Brown/AP

Amerikaning Exxon Mobil kompaniyasi AQSh iqtisodiyotiga yaqin besh yil ichida 50 mlrd dollar sarmoya yo‘naltirishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

Kompaniya raisi Darren Vudsning blogida yozishicha, bu sarmoyalar soliq islohoti qabul qilingani tufayli ham yo‘naltiriladi. Ushbu islohot Amerika biznesi uchun soliq yukini kamaytiradi.

«Bu sarmoyalar bizning kompaniya unikal kuchli tomonlarga ega ekani va soliq islohoti to‘g‘risida yaqinda qabul qilingan qonun bilan rag‘batlantirilishi tufayli yo‘naltiriladi. Voqealarning bunday ijobiy rivoji Qo‘shma Shtatlarda barcha sohalarda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga olib keladi», - deya yozgan Vuds.

Xususan, Exxon Mobil Texas va Nyu-Meksiko shtatidagi tabiiy suv havzalarida slanetsli neft ishlab chiqarish hajmini oshirish niyatida.

Mavzuga oid