Sport | 18:40 / 03.02.2018
11174
1 daqiqa o‘qiladi

«Shartnomani imzola va ovozingni o‘chir!» - Mourino shogirdiga tanbeh berdi

Foto: Reuters

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino yarimhimoyachi Maruan Fellayni bilan bo‘lgan suhbat tafsilotlarini aytib berdi.

Ma'lumki, futbolchining amaldagi shartnomasi muddati yozda o‘z nihoyasiga yetadi. Yaqinda esa u tizzasidan jarohat olgan edi.

«Unga «Shartnomani imzola va ovozingni o‘chir!» - dedim. Tavakkal qilib o‘tirmaslikni, jarohati tafsilotlari ma'lum bo‘lguncha, shartnomani imzolashni maslahat berdim.

Maruanning jarohati og‘ir emas. Ammo u qancha muddatga safdan chiqqanini bilmayman. U biz uchun muhim futbolchi. Maqsadimiz o‘zaro hamkorlikni uzaytirish. Ammo bunga erishamizmi yo yo‘qmi, bilmayman», — deb Mourino so‘zlarini keltirmoqda Goal.

Mavzuga oid