Saturn yo‘ldoshi Titanda hayot izlari topildi
NASA koinot agentligi tadqiqotchilari Saturn yo‘ldoshi Titan atmosferasida unda mikroorganizmlar borligidan darak beruvchi moddani aniqlashdi. Bu haqda Phys.org saytida chop etilgan xabarda aytilgan.
Titan sirtidan 200 km balandlikda mikroorganizmlar hujayra membranalarining shakllanishida ishtirok etuvchi birikmalar – akrilonitrilning kichik miqdorda borligi qayd qilindi. Bu birikmalar metan okeanlarida yashashi taxmin qilinmoqda.
Molekulalar Titanning janubiy qutbida aniqlangan. Titanda hukm suruvchi past haroratlarda (Tselsiy bo‘yicha 179 daraja sovuq) akrilonitril tomchilarga birlashib, metan ko‘llarga tushadi. Tajribaning ko‘rsatishicha, Titanning shimoliy qismida ushbu moddadan bir kub santimetrda o‘n minglab tirik hujayralarni yaratishga yetishi kerak, bu esa sayyoramizdagi okeanlar yaqinidagi hududlardagi bakteriyalar sonidan ko‘proqni tashkil qiladi.
Olimlar akrilonitrilni topish uchun Atacama Large Millimeter Array radioteleskoplar majmuasidan foydalanishgan.
Mavzuga oid
19:53 / 26.11.2024
NASA Saturn yo‘ldoshiga o‘z missiyasini uchiradi
18:24 / 11.10.2023
«Titan» batiskafining qoldiqlari topildi
14:57 / 11.07.2023
«Titan»ning sirli halokati: batiskaf korpusi muddati o‘tgan mahsulotdan yasalgan bo‘lishi mumkin
23:57 / 06.07.2023