Jahon | 22:40 / 04.02.2018
9213
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa shaharlarida anomal uzun trolleybuslar harakatlana boshlaydi 

Foto: Foto: transmissia.net

2017 yil yanvarda konstruktorlar ikkita ulanishga ega uch seksiyali, uzunligi 24 metr keladigan mashina Solaris Trollino 24 loyihasini taqdim qilgandilar. Ushbu mashinaning ilk namunalari 2018 yil o‘rtalarida paydo bo‘lishi kerak. Shundan keyin bu transport vositalari Yevropaning bir qator shaharlarida sinovdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu anomal uzun platforma negizida trolleybus va gibrid avtobus yaratiladi.

Mashina ikkita o‘qda joylashadigan ikkita elektromotor yordamida harakatga keltiriladi. Trolleybus sig‘imi 58 kVt-soatni tashkil qiluvchi akkumulyatorlardan avtonom tarzda yurishi ham mumkin bo‘ladi. Akkumulyatorlar transport vositasi shaharda manyovrlar bajarishda, misol uchun tirbandliklarni aylanib o‘tishda yoki kontakt tarmog‘i bilan jihozlanmagan bekatlarga yaqinlashishda ulanadi. 

Trolleybus 53 ta o‘rindiq, 5 ta ikki tavaqali eshikdan iborat bo‘ladi. Salonda, shuningdek, nogironlar aravachalarini mahkamlash uchun joylar bo‘ladi. 

Haydovchi kabinasi konditsioner va aylanuvchi kursi bilan jihozlanadi. Asboblar panelida ikkita 8 dyuymli rangli displeylar joylashtiriladi. Ekranlardan biriga avtobusning turli joylarida joylashtirilgan ikkita kameradan tasvirlar uzatiladi. Haydovchi ikkinchi ekran yordamida eshiklar oldida nima yuz berayotgani nazorat qila oladi va orqani ko‘rish kamerasidan foydalana oladi.

Mavzuga oid