Jamiyat | 15:45 / 04.02.2018
55926
2 daqiqa o‘qiladi

Itlar ko‘proq kimlarni tishlashi ma'lum qilindi

Foto: Vottak.net

Liverpul universiteti olimlarining so‘zlariga ko‘ra, itlar ko‘proq ruhiy jihatdan beqaror odamlarga hujum qilar ekan. Journal of Epidemiology & Community Health'da taqdim etilgan ma'lumotlar shundan dalolat bermoqda.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, itlar aksariyat holatlarda o‘z egalariga emas, notanish kishilarga tashlanar ekan. Shu bilan birga, ular kayfiyati keskin o‘zgarishlarga moyil insonlarni tishlash ehtimoli yuqori bo‘ladi. Olimlarning ta'kidlashicha, itning agressiv reaksiya ehtimoli "jabrlanuvchi"ning yoshiga proporsional ravishda oshar ekan. 

Tadqiqotda qatnashgan 694 nafar ishtirokchidan 172 kishi hayotida bir marta bo‘lsa-da, it hujumiga yo‘liqqani ma'lum bo‘ldi. Shuningdek, ma'lum bo‘lishicha, erkaklar ayollarga nisbatan 1,8 marta ko‘p itlarning hujumiga duch kelishgan. Bundan tashqari, bir necha iti bor kishilar uy hayvoni boqmaydiganlarga nisbatan 3,3 marta ko‘p jonivorlar hujumiga yo‘liqishgan. 

So‘rovnoma Angliya shimoli-g‘arbidagi Cheshir shahri aholisi orasida o‘tkazilgan. Qatnashchilar ruhiy holat tahliliga yo‘naltirilgan anketalarni ham to‘ldirib, ularga it hujum qilgan yo qilmaganiga doir ma'lumot berishgan. 

Mavzuga oid