Jahon | 17:50 / 04.02.2018
12341
2 daqiqa o‘qiladi

Mayyaning o‘nlab yangi shaharlari topildi

Foto: Daniel Leclair / Reuters

Amerikalik arxeologlar Gvatemalada mayya sivilizatsiyasiga tegishli, avval fanga noma'lum bo‘lgan 60 mingdan ortiq inshoot izlarini aniqlashdi. Olimlarning fikricha, ko‘plab sug‘orish kanallari, yo‘llar, qal'alar va ehromlarning mavjudligi qadimda bu yerlarda o‘nlab yirik shaharlar bo‘lganiga ishora qilmoqda, deyiladi ArsTechnica'da.

Yo‘qolib ketgan sivilizatsiya artefaktlari Gvatemala shimoli-sharqidan topilgan. Olimlar lidarlar (lazer radarlari) yordamida jami 2 ming kvadrat kilometrdan ziyod hududni tadqiq qilishgan.

Olingan ma'lumotlar mayya sivilizatsiyasi avval taxmin qilingandan-da ko‘proq aholiga ega bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Mutaxassislarning dastlabki baholariga ko‘ra, ushbu hududda taxminan 10 million kishi yashagan bo‘lishi mumkin.

Qadimgi mezoamerika mayya sivilizatsiyasi zamonaviy Meksika, Gvatemala va Gonduras hududlarida taxminan 3,5 ming yil davomida mavjud bo‘lgan. Taxminan XVII asrning oxirida uning oxirgi mustaqil shahri ispanlar tasarrufiga o‘tgan.

Mavzuga oid