«Umumiy qulash» - Amazon, Facebook, Google va Netflix 90 mlrd dollar yo‘qotdi
Eng yirik texnologiya kompaniyalari - Facebook, Amazon, Alphabet va Netflix’ning bozordagi qiymati 5 fevral kungi savdolar yopilishi yakunlari bo‘yicha 90,7 mlrd dollarga qisqardi. Pasayish Amerika bozorining umumiy «qulashi» fonida ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda CNBC.
Facebook, Amazon, Alphabet hamda Netflix aksiyalari savdolarning asosiy sessiyasi yopilishida 2,8 dan 5,1 foizga qadar bo‘lgan diapazondagi qisqarishni ko‘rsatdi. Bozordagi qiymat bo‘yicha Alphabet holdingi eng katta yo‘qotishga uchradi - 39,5 mlrd dollar.
Bloomberg Billionaires Index ro‘yxatidagi dunyoning eng badavlat 500 insoni boyligi so‘nggi sutkada 114 mlrd dollarga qisqardi. 18 milliarderning har biri 1 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ yo‘qotgan.
Berkshire Hathaway raisi Uorren Baffett eng katta ziyon ko‘rdi – u 5,1 mlrd dollardan ayrildi. Berkshire Hathaway Wells Fargo bankining eng yirik aksiyadori sanaladi, bankning qimmatli qog‘ozlari narxi esa 9,2 foizga pasaydi.
Facebook rahbari Mark Tsukerberg 3,6 mlrd dollar yo‘qotdi. Amazon asoschisi va dunyodagi boy inson Jyeff Bezos esa - 3,3 mlrd dollar.
Amerika bozorining keskin pasayishi 2 fevral kuni boshlandi: S&P 500 indeksi bir savdo kunida 2,1 foiz, Dow Jones esa - 2,5 foiz yo‘qotdi.
Mavzuga oid
18:42 / 20.12.2024
Amazonʼda kompaniya tarixidagi eng yirik ish tashlash boshlandi
00:11 / 20.12.2024
Amazon platformasidan yonib ketish xavfi tufayli yarim millionga yaqin «powerbank» chaqirib olinadi
20:42 / 17.12.2024
Irlandiya regulyatori Meta kompaniyasini 251 mln yevro jarimaga tortdi
19:19 / 13.12.2024