Fan-texnika | 01:01 / 07.02.2018
6627
3 daqiqa o‘qiladi

Airbus Singapurda dronlarini sinovdan o‘tkazmoqda

Foto: xaytek

Singapur Airbus'ga tovarlarni bepul tashish tizimini sinovdan o‘tkazishni so‘rab murojaat qildi. AT-sektor rivojlangan shahar-davlat o‘z mavqeini mustahkamlamoqchi. Xaridlar va pochtani dron orqali yetkazish trendi uni ham chetlab o‘tgani yo‘q. Aviationweek'da ta'kidlanishicha, Airbus Singapurda uchuvchisiz qurilmalarini sinovdan o‘tkazadi. 

2016 yilning fevralida Singapur Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi tomonidan Airbus Helicopters bilan hamkorlik qilishga doir shartnoma imzolangan. O‘shandan buyon hamkorlikdagi loyihalar haqida ma'lumotlar bo‘lmagan, biroq hozir boshqarmaning xabar berishicha, joriy yilning birinchi yarmida Skyways nomini olgan yetkazib berish tizimi namoyishi bo‘lib o‘tadi. 

Sinovlar Singapur Milliy universiteti kampusining cheklangan hududida o‘tadi. Ma'lum qilinishicha, bu yetkazib berish tizimining kompleks tizimi bo‘ladi: uchar dronlar bilan birga yetkazib beruvchi robotlar ham jalb qilinadi. Agar tizim o‘z samarasini ko‘rsatsa, uni yanada yirik ko‘lamda yo‘lga qo‘yishga va'da berishdi. 

Tizim nazariyada quyidagi tarzda ishlaydi. Mijoz punktlardan biriga jo‘natmani topshiradi. Robotlashtirilgan "qo‘l" uni lentaga joylashtiradi, u esa tovarni muayyan dronga joylaydi. Dron esa qabul punkti bo‘yicha harakatlanib, yukni tashlab keladi. 

Hozircha kampus uzra 2-4 kg'li kichik dronlar parvoz qilmoqda. Ular GPS va parvozni tartibga solish tizimi bilan ta'minlangan. Dronlar avtonom hisoblanadi, lekin hozircha boshqaruv markazi nazorati ostida. Operator favqulodda vaziyatda nazoratni o‘z zimmasiga oladi. 

Airbus'da izoh berilishicha, aviaqurilish korporatsiyasi dronlarni shahar sharoitlarida qo‘llash qanchalik samarali ekanini o‘rganishga kirishgan.  Biroq texnik murakkablikdan tashqari, hukumat va boshqaruvchilar bilan bog‘liq muammolar ham bor. 

Mavzuga oid