Jahon | 07:49 / 10.02.2018
8625
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Sudanda qishloqning qayta nomlanishi 15 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Foto: AFP/ Aminu Abubakar

Janubiy Sudanning Jongley shtatida qishloq nomi o‘zgartirilishi sababli klanlar (jamoalar) o‘rtasida chiqqan to‘qnashuvlarda kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakiliga iqtibos keltirgan holda “Sinxua” axborot agentligi xabar bermoqda.   

“Klanlararo to‘qnashuvlar 7 fevralda boshlanib, 8 fevralda ham davom etgan. Oqibatda 15 kishi halok bo‘ldi, 8 kishi yaralandi”, deb aytgan shtat rahbariyati vakili Jkob Akech Deng.

Kolang-Payam aholi punktida bir klan qishloq nomlanishi deb chiqqan bahsda dekabrda sodir etilgan qotillik uchun o‘ch olish maqsadida boshqa klanga hujum qilgan. Shuningdek, yaylovlarga egalik qilish uchun ham mojaro chiqqan. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, dekabrda Niara va Abii klanlari o‘rtasida   yaylovlarga egalik qilish mojarosida 22 kishi halok bo‘lgan, 18 kishi yaralangan. 

Mahalliy hokimiyat xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.

Mavzuga oid