Jahon | 09:06 / 11.02.2018
7170
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda 4 yil ichida 21 milliondan ko‘proq yangi kompaniya tashkil etildi

Foto: Fotolia / Aania

Xitoyda 2014 yilda hukumat tadbirkorlik va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha yangi siyosatni e'lon qilgandan keyin mamlakatda 21,5 mlndan ko‘proq yangi kompaniya tashkil etilgan. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar bermoqda.  

Davlat korxonalar uchun soliqlarni sekin-asta qisqartirmoqda va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etmoqda, turli boj yig‘imlari va to‘lovlar miqdorini kamaytirmoqda.

Ta'kidlanishicha, tadbirkorlik va innovatsiyalarni ommaviy va jadal rivojlantirish iqtisodiyot o‘sishi uchun yangi impuls bo‘ldi, yangi ish o‘rinlari yaratishga va aholi daromadi o‘sishiga yordam berdi.  

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2014 yildan boshlab yuqori texnologiyalar sohasida 4,2 mingdan ko‘proq yangi korxona tashkil etilgan, ular 120 mingdan ko‘proq startapga xizmat ko‘rsatib, buning orqasidan 870 mln dollarga yaqin pul ishlab olgan.

Iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sektorlaridan biri savdo bo‘lib, bunda elektron savdo ulushi ortmoqda. 2017 yilda Xitoyda onlayn-savdo hajmi 28 foizga, mahsulotlar yetkazib berish hajmi 30 foizga oshgan. Shuningdek, sheringga asoslangan biznes yaxshi rivojlanmoqda.     

Mavzuga oid