O‘zbekiston | 14:10 / 12.02.2018
21540
2 daqiqa o‘qiladi

2017 yilda aholi jon boshiga YaIM 939,5 dollardan to‘g‘ri keldi

Davlat statistika qo‘mitasi Davlat statistika ishlarining ishlab chiqarish Dasturiga binoan 2017 yil uchun yalpi ichki mahsulot (YaIM) ga nisbatan dastlabki baholashlarni qo‘mitaning rasmiy saytida e'lon qildi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yil bo‘yicha joriy narxlarda O‘zbekiston Respublikasi YaIMi 249 trillion 136,4 milliard so‘mni tashkil etgan va 2016 yilning mutanosib davriga nisbatan 5,3 foizga o‘sgan. YaIM indeks-deflyatori 2016 yil narxlariga nisbatan 118,9 foizni tashkil etgan.

2017 yil yakunlariga ko‘ra aholi jon boshiga YaIM 7 million 692 ming so‘mni (939,5 dollar) tashkil etgan, bu 2016 yilga nisbatan 3,6 foizga ko‘p demakdir.

YaIM o‘sishiga xizmatlar sohasi eng katta hissa qo‘shgan bo‘lib, u avvalgi yilga nisbatan 6,9 foizga o‘sgan.

2017 yilda YaIM tarkibiy tuzilmasining umumiy hajmida mulkchilik shakllariga ko‘ra iqtisodiyotning nodavlat sektori ulushi 81 foizni tashkil etgan. Davlat sektori ulushi esa 19 foiz.

Mavzuga oid