O‘zbekiston | 17:41 / 14.02.2018
34818
1 daqiqa o‘qiladi

Quyichirchiq tumani hokimi o‘zgardi 

Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Botir Rahimov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda KUN.UZ manbasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, B. Rahimov salomatligi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan kelib chiqib, o‘z murojaati va arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod qilingan.

Xalq deputatlari Quyichirchiq tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ko‘p yillar davomida turli viloyatlarda rahbarlik lavozimida ishlab kelgan Sobir Murodov uning o‘rniga tuman hokimi etib tayinlangan.

Mavzuga oid