Light | 16:20 / 18.02.2018
32429
3 daqiqa o‘qiladi

Kelajak oshxonasiga sayohat (fotojamlanma)

Ushbu kontsept IKEA tomonidan IDEO London dizaynerlik firmasi va "2025 yilda bizning taomga nisbatan munosabatimizga ta'sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy, texnologik va demografik omillar yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar" bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. 

Nazvaniye

1. 2025 yilga xush kelibsiz. Zamonaviy oshxona mana shunday ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Foto: IDEO London

2. Sifati buzilishiga oz qolgan pomidorni nima qilishni bilmayapsizmi? Tezkor va yengil retseptga ega bo‘lish uchun bu pomidorni stol ustiga qo‘ying. Bunday holatda maqsad - oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish. 

3. Retsept stol ustida ko‘rsatiladi, shunday ekan, iPad'ni divanda qoldirishingiz mumkin. 

4. Kichik kvartiralar aholisi uchun stol plita o‘rnini bosadigan bo‘ladi. Unda yashirin induksion xususiyatlar  mahsulotlarni kastryul va tovalarning ichidan isitadi, oshxona jihozi tashqarisidan emas. Shu tufayli kelgusida  stoldan ham ishlash, ham ovqat tayyorlash, ham ovqatlanish vositasi sifatida foydalanish mumkin. 

5. Kelajak bufeti muzlatilgan mahsulotlarni ko‘z ostida saqlash imkonini beradi. Shu tariqa siz hadeb muzlatgich eshigini ochish zaruratidan xalos bo‘lasiz.

Foto: IDEO London

6. Mahsulotlar shaffof konteynerlarda saqlanadi, ularning ichki haroratini tokchalarga o‘rnatilgan induksion muzlatish texnologiyalari yordamida nazorat qilish mumkin. 

Foto: IDEO London

7. Ushbu baliq bo‘lagi "Tselsiy bo‘yicha 2 daraja" yozuvli konteyner ichiga joylangan. Tokcha siz baliqli taom tayyorlashga qaror qilmaguningizga qadar shu haroratni qo‘llab-quvvatlaydi. 

Foto: IDEO London

8. Suv ta'minoti tizimi suvdan foydalanishda yanada mas'uliyatli yondashuvni taklif qiladi. U ikki rakovinaga ega: kanalizatsiyaga oqib ketuvchi ifloslangan "qora suv" uchun va idish yuvadigan mashina yoki o‘simliklarga suv quyishda takroran foydalaniluvchi "kulrang suv" uchun. 

Foto: IDEO London

9. Maxsus utilizatsiya tizimi bizni nimalarni tashlayotganimizni kuzatishga majbur qiladi. Qo‘lda saralangan chiqindi presslanadi, muhrlanadi va qadoqlanadi.

Mavzuga oid