Fan-texnika | 14:00 / 18.02.2018
18122
2 daqiqa o‘qiladi

Moskva ko‘chalari bo‘ylab haydovchisiz "Yandeks" avtomobili harakatlanmoqda

"Yandeks"da kompaniyaning haydovchisiz avtomobil prototipi Moskva ko‘chalari bo‘ylab harakatlanayotgani namoyish etilgan video taqdim etildi. Rolik YouTube'ning "Yandeks.Taksi" kanaliga joylandi.

"Yandeks" o‘tgan yilning noyabrida avtopilot sinovlariga start bergan. O‘shanda mashinalar yopiq hududlar bo‘ylab harakatlangan, endi esa ular barcha birdek foydalanuvchi umumiy ko‘chalarda sinalgan. Bu avtomobil turargohlardagi mashinalarni chetlab o‘tib, yo‘lovchilarni o‘tkazib yuborib, soatiga 20-30 kilometr tezlikda harakatlangan.

Kompaniya elektronikani noqulay shart-sharoitlarda to‘g‘ri yo‘nalish olishga o‘rgatmoqda, ya'ni ular hozirda qor bilan qoplangan ko‘chalar va belgilar bo‘ylab harakatlanmoqda. Bundan tashqari, "Yandeks" yaxmalak sharoitlarida harakatlanishning maxsus algoritmlarini ishlab chiqmoqchi.

"Yandeks" avtopilotli ilk prototipini 2017 yilning bahorida namoyish qilgandi. Kompaniyaning sinovdagi  avtomobillari Toyota Prius gibridi bazasida qurilgan, shuningdek Velodyne va Nvidia firmalari qurilmalari bilan jihozlangan. Rossiya kompaniyasi dasturiy ta'minotni mustaqil tayyorlamoqda. 

Mavzuga oid