Olimlar qarish bilan kurashish usulini topishdi
Portugaliyalik olimlar qarish bilan kurashish usulini topishdi – hujayralarda xromosomalar anomal soni paydo bo‘lishining oldini olish. Tadqiqot natijalari BioRxiv.org’da e'lon qilingan.
Organizmda qarish jarayonida aneuplodiya – xromosomalar soni o‘zgarishi paydo bo‘lgan hujayralar soni ortadi. Shu tufayli mitoz – xromosomolar ikkita yangi yadro o‘rtasida bir xilda joylashadigan hujayralarning bo‘linishi uchun javob beruvchi genlar faolligi o‘zgaradi.
Olimlar sichqonlarda qator tajribalar o‘tkazishdi va hujayralarni bo‘lish mexanizmini o‘zgartirishdi. Mitoz ishidagi buzilishlar progeriya – belgilanganidan avvalgi qarishga olib keldi.
Keyinchalik tadqiqotchilar fibroblastlar hujayralarida qarish markerlarini tahlil qilishdi. Ular uchta turli yosh toifasidan olindi – chaqaloqlar, o‘rta yoshdagi odamlar va keksalardan.
Natijada aniqlanishicha, yosh o‘tgani sari organizmda hujayralar bo‘linishini nazorat etiuvchi genlar faolligini tartibga soladigan Forkhead box M1 oqsillari «bosib turila boshlanadi».
Shu bilan birga, agarda oqsillar miqdori sun'iy tarzda oshirilsa, organizmda xromosomalar va qarish markerlari sonining o‘sishi pasayadi.
Mutaxassislar fikricha, tadqiqot natijalari qarish bilan kurashning terapevtik uslubllarini ishlab chiqishda yordam beradi.
Mavzuga oid
12:59 / 18.12.2024
Olimlar Marsda suv topish ehtimolini baholadi
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
17:34 / 10.12.2024
Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi – tadqiqot
11:29 / 09.12.2024