Jahon | 13:03 / 21.02.2018
50791
2 daqiqa o‘qiladi

Amerika prezidentining uchar qal'asi: Tramp bortining himoyasi qanday tuzilgan (fotojamlanma)

Amerika bayrog‘i, prezidentlik muhri va «United States of America» yozuvlari bilan bezatilgan AQSh prezidentining samolyoti — jahonda eng tez tanib olinadigan samolyot bo‘lsa ajabmas. Uch sahnli, olti qavatli uy balandligiga teng bo‘lgan Boeing 747-200B siz gumon qilganingizdan ham yaxshiroq himoyalangan. Lekin bu himoya ko‘zga tashlanmaydi va uni tushunuvchilar juda kam, deb yozadi Dnpmag.com.

Foto: Boeing 747-200B

Boeing 747-200B ichi juda keng. 372 kvadrat metr maydon hamma narsaga yetadi: bu yerda bir necha konferens-zallar, oshxona, prezidentning shaxsiy xonalari, katta xodimlar ofisi, jihozlangan operatsiya xonasi (vrachlar har bir parvozda hamroh bo‘lishadi), yana ikkita oshxona va tansoqchilar xonasi bor. Bir so‘z bilan aytganda amerikalik soliq to‘lovchilarga o‘z prezidentlarining havodagi 1 soatlik parvozi 206.337 dollarga tushadi.

Foto: Boeing 747-200B

Alohida boshqaruv punkti va aloqa o‘rnatish xonasi uchinchi qavatda joylashgan. Birinchi raqamli bortdan yadro mojarosi ro‘y bergan holda mobil markaz sifatida foydalansa bo‘ladi, shu sababli uning butun elektronikasi elektromagnit impulslaridan ishonchli himoya qilingan.

Foto: Boeing 747-200B

O‘z-o‘zidan, layner sun'iy yo‘ldoshli internetga ham ulangan, bu ham 112 million dollarga tushgan.

Foto: Boeing 747-200B

Samolyot qanotlariga o‘rnatilgan aksilraketa himoya tizimiga ega. Uning korpusi shu qadar mustahkamki, yer sathidagi yadroviy portlashga ham dosh beradi.

Foto: Boeing 747-200B

Zirhlangan illyuminatorlarini yirik kalibrli vintovkalarning o‘qi ham teshib o‘ta olmaydi. Samolyot parvozda hech qanday yoqilg‘i quyishsiz 15.360 km masofaga ucha oladi — bu esa shoshilinch holatlarda qo‘l keladi.

Mavzuga oid