Yangi avloddagi Volvo V60 modeli 390 ot kuchiga ega gibrid ko‘rinishini oldi
Volvo kompaniyasi yangi avloddagi V60 universalini taqdim qildi. Yangi mashina taqdimoti Stokholmdagi maxsus tadbirda bo‘lib o‘tdi.
Model ikkita gibrid modifikatsiya va oxirgi avloddagi xavfsizlik tizimi kengaytirilgan to‘plamini oldi.
Model XC60 krossveri va 90-seriyadagi modellar qurilishida qo‘llangan SPA (Scalable Product Architecture) platformasida qurildi. Modelning uzunligi 4761 mmni, g‘ildiraklar bazasi esa 2872 mm ni tashkil qiladi. Universalning yukxonasi hajmi 529 litrni tashkil qiladi.
Mashina uchun benzinda ishlovchi T5 va T6 (225 va 275 ot kuchi) hamda dizelda ishlovchi D3 va D4 (135 va 165 ot kuchi) dvigatellari taklif qilinadi. Model qatorini elektrlashtirish strategiyasiga binoan V60, shuningdek, 340 ot kuchiga ega T6 va 390 ot kuchiga T8 gibrid kuch qurilmalarini oladi.
Universal avtomatik to‘xtash funksiyasiga ega to‘qnashuvlarning oldini olish tizimi City Safety bilan jihozlangan. Kompaniyada aytilishicha, bu tizim piyodalar, velosipedchilar va yirik jonzotlarni aniqlay oladigan bozordagi yagona tizimdir.
Manyovrlar, tezlashish va 130 km/soat tezlikda to‘xtash uchun javob beruvchi yarimavtonom boshqaruv tizimi Pilot Assist burilishlarni yaxshiroq o‘tadigan qilib yangilangan. Model shuningdek yo‘ldan chiqib ketishning oldini olish, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqishni nazorat qilish tizimlari bilan jihozlangan.
Joriy avloddagi Volvo V60 2010 yildan beri ishlab chiqariladi. Modelning standart va barcha yo‘llarga mo‘ljallangan Cross Counrty modifikatsiyasi mavjud.
Mavzuga oid
14:40 / 17.12.2024
O‘zbekiston Stokholm va Helsingborgda savdo uylarini ochmoqchi
12:40 / 04.10.2024
Stokholmda muqobil Nobel mukofoti laureatlari e’lon qilindi
07:42 / 05.09.2023
Stokholm va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar ochiladi
12:05 / 27.08.2023