O‘zbekiston | 14:35 / 26.02.2018
5386
3 daqiqa o‘qiladi

Bo‘z tumanida sog‘liqni saqlash sohasiga o‘tgan yilga nisbatan 132 foizdan oshiq mablag‘ ajratildi

Foto: KUN.UZ

Andijon viloyati Bo‘z tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori, Andijon viloyati hokimining 2017 yil 31 dekabrdagi 866-q sonli hamda Bo‘z tumani hokimining 2018 yil 5 yanvardagi 41-q sonli qarorlariga asosan Bo‘z tuman mahalliy byudjyetining 2018 yilga mo‘ljallangan byudjyet parametrlari qabul qilindi. Bunda tuman mahalliy byudjyetidan 2018 yilda 52 mlrd. 576 mln. 877 ming so‘m mablag‘lar sarflanishi ko‘zda tutilmoqda.

Jumladan:

Ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar uchun 37 mlrd. 916 mln. 060 ming so‘m;

Yagona ijtimoiy to‘lov xarajatlari uchun 9 mlrd. 405 mln. 933 ming so‘m;

Boshqa xarajatlar uchun 5 mlrd. 254 mln. 884 ming so‘mni tashkil qiladi.

Sog‘liqni saqlash sohasiga 2017 yilda 8 mlrd. 488 mln. 173 ming so‘m mablag‘lar xarajat qilinib, 2018 yil uchun mahalliy byudjyet mablag‘lari hisobidan 11 mlrd. 221 mln. 583 ming so‘m mablag‘lar ajratildi. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 132 % ga oshirilganligini bildiradi. Ajratilgan mablag‘lar hisobidan hozirgi kunda tuman Tibbiyot birlashmasida isitish tizimini ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Isitish tizimini ta'mirlash xarajatlari uchun 185 mln. so‘m mablag‘lar sarflanishi ko‘zda tutildi.

Bundan tashqari, Yangi qishloq MFY hududidagi “Yangi qishloq” qishloq vrachlik punktini joriy ta'mirlash xarajatlari uchun tuman hokimining 2018 yil 20 fevral kungi 4-f sonli farmoyishiga asosan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 24 mln. so‘m mablag‘lar ajratilib, tuman zaxira jamg‘armasi hisobidan 136 mln. so‘m, jami 160 mln so‘m mablag‘lar ajratilishi ko‘zda tutildi.

Shu bilan birga, joylarda dastlabki tibbiy-sanitariya yordami sifatini yanada yaxshilash, qishloq vrachlik punktlari patronaj tibbiyot hamshiralari mehnatini rag‘batlantirishni, ularning kasalliklar profilaktikasi, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini va sanitariya-gigiyena madaniyatini targ‘ib qilishdagi ishlarida yanada qulaylik yaratish maqsadida tumandagi 89 nafar patronaj hamshiralariga jami 17 mln. 800 ming so‘mlik patronaj sumkalari uchun mablag‘lar ajratildi. 2017 yilda dori darmon xarajatlari uchun mahalliy byudjyet mablag‘lari hisobidan 237 mln. 595 ming so‘m ajratilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2018 yilda 615 mln. 385 ming so‘mni tashkil etdi. Shu bilan birga, oziq ovqat xarajatlari uchun 2018 yil byudjyet mablag‘lari hisobidan 119 mln. 997 ming so‘m mablag‘lar ajratilib, bu o‘tgan yilga nisbatan 32 mln. 865 ming so‘mga, ya'ni 137%ga oshirildi. 

Mavzuga oid