Fan-texnika | 21:30 / 27.02.2018
7682
1 daqiqa o‘qiladi

Sun'iy intellekt huquqshunoslarni ortda qoldirdi

Foto: Fotolia

Huquqiy bilimlar tanlovida sun'iy intellekt nufuzli yuridik firmalarning 20 nafar huquqshunosini ortda qoldirdi. 

Tanlov davomida huquqshunoslar ma'lumotlarni tarqatmaslikka doir beshta turli shartnoma bilan tanishib chiqishdi. Ular yuridik nuqtai nazardan shubhali shartnoma punktlarini qayd etishlari kerak bo‘ldi. To‘g‘ri tanlov uchun ball qo‘shib borildi.

Huquqshunoslarning besh vazifa bo‘yicha o‘rtacha balli 85 foizni tashkil qildi. LawGeex firmasi tomonidan ishlab chiqilgan algoritm esa 94 foizni qayd etdi. 

Inverse nashrida xabar berilishicha, tanlovda ishtirok etishdan avvval algoritm uch yil davomida o‘n ming shartnoma misolida o‘rgatilgan.

Mavzuga oid