Jahon | 00:17 / 01.03.2018
13680
2 daqiqa o‘qiladi

XKS ekipaji Yerga qaytdi (foto)

Ichida uch nafar fazogir bo‘lgan «Soyuz MS-06» transport kosmik kemasining tushiriluvchi kapsulasi Yerga muvaffaqiyatli qo‘ndi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti». Qozog‘istondagi cho‘lga fazogir Aleksandr Misurkin va amerikalik astronavtlar Mark Vande Xay hamda Jo Akaba qo‘ngan. Ekipaj Xalqaro kosmik stansiyada 168 sutka bo‘lgan. Stantsiyada rossiyalik Anton Shkaplerov, amerikalik Skott Tingl va yaponiyalik Norishige Kanai qolgan. Xabar qilinishicha, kapsula Qozog‘istondagi Jyezqozon shahridan 146 kilometr janubi-sharqqa qo‘ndi. Kapsuladan fazogirlarni evakuatsiya qilish muvaffaqiyatli o‘tdi. 

Fazogirlar Misurkin va Shkaplerov 3 fevral kuni rossiyaliklar o‘rtasida ochiq fazoda ish davomiyligi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Ular fazoda hammasi bo‘lib 8 soatu 13 daqiqa bo‘lishdi.

Foto: TASS

«Soyuz MS-06» transport kosmik kemasining tushiriluvchi kapsulasi qo‘nish vaqti

Foto: TASS

«Soyuz MS-06» transport kosmik kemasining tushiriluvchi kapsulasi qo‘nayotgan payti

Foto: TASS

Qidiruv-qutqaruv kuchlari mutaxassislari «Soyuz MS-06» transport kosmik kemasining tushiriluvchi kapsulasi qo‘ngan yerda

Foto: TASS

NASA astronavti Jozef Akaba 

Foto: RIA "Novosti"

NASA astronavti Mark Vande Xay

Foto: TASS

NASA astronavti Mark Vande Xayning qo‘li

Foto: RIA "Novosti"

Ishchilar «Soyuz MS-06» transport kosmik kemasining tushiriluvchi kapsulasi qo‘ngan yerda

Foto: RIA "Novosti"

Roskosmos fazogiri Aleksandr Misurkin (markazda)

Foto: RIA "Novosti"

Roskosmos fazogiri Aleksandr Misurkin va NASA astronavti Mark Vande Xay (o‘ngda) qozoq milliy kiyimlarida

Foto: RIA "Novosti"

NASA astronavti Mark Vande Xay qozoq milliy kiyimida

Mavzuga oid