Nokia va Vodafone Oyda 4G tarmoq yaratishmoqchi
Germaniyaning Vodafone mobil operatori Nokia kompaniyasi bilan birga 2019 yilda Oyda ilk 4G tarmog‘ini yaratmoqchi. Bu haqda USA Today nashri xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Oyda o‘rnatiladigan mobil tarmoq kolmponentlarini yaratish ishlari davom etmoqda. Nokia’ning ma'lum qilishicha, uning qurilmasi bir kilogrammdan oshmaydi va qachondir yaratilgan qurilmalaridan eng yengili bo‘ladi. U Oy sirtiga SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi yordamida yetkaziladi.
Oyda 4G tarmog‘ini yaratish Yerga Oydan videotasvirlarni va boshqa ma'lumotlarni uzatish uchun zarur. Yangi qurilma Audi kompaniyasining ikkita lunoxodi o‘rtasida aloqani ta'minlaydi. Lunoxodlar 1972 yilda Oyda bo‘lgan “Apollon-17” kemasi qo‘ngan joyga borishi kerak bo‘ladi.
Telekommunikatsiya gigantlariga bu loyihani amalga oshirishda PTScientists koinot kompaniyasi yordam beradi. Hozir kompaniya Oyga lunoxodlarni yetkazishda konteyner bo‘lib xizmat qiladigan va Yer bilan aloqani ta'minlaydigan modulni yaratish ustida ishlamoqda.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
20:50 / 23.12.2024
Yaponiyada sun’iy gravitatsiyaga ega Oy majmuasi prototipi quriladi
07:51 / 06.12.2024
AQShning Oyga missiyalari 2026 va 2027 yillarga qoldirildi
23:31 / 25.11.2024