Jahon | 11:06 / 02.03.2018
5859
2 daqiqa o‘qiladi

Baffet va Tsukerberg uch kun ichida 3,7 mlrd dollardan yo‘qotdi

Foto: Stephen Lam / Reuters

AQSh fond bozorining qulashi sayyoradagi eng badavlat odamlar boyligi ko‘rsatkichlari o‘zgarishiga olib keldi: Uorren Baffet uch kun ichida 3,74 mlrd dollarni yo‘qotgan bo‘lsa, Mark Tsukerberg pullari 3,71 mlrd dollarga kamaydi.

AQSh fond bozoridagi qulash sabab so‘nggi uch kun ichida jahon bo‘yicha eng katta yo‘qotishlarga Berkshire Hathaway rahbari Uorren Baffet va Facebook asoschisi Mark Tsukerberg uchradi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Har bir milliarderning boyligi uch kunda 3,7 mlrd dollarga kamaydi. Google hammuassisi Larri Peyj shu kunlarda 3,1 mlrd dollardan ayrildi, uning hamkasbi Sergey Brin esa 3 mlrd dollarni yo‘qotdi. «Kuchli» uchlikka Zara egasi Amansio Ortega yakun yasab berdi – uning davlati uch kunda 2,5 mlrd dollarga qisqardi.

Jahondagi eng badavlat 500 odamning shu kunlardagi umumiy yo‘qotishlari 128 mlrd dollarni tashkil etdi, shu bilan birga, amerikalik boylar 55 mlrd dollardan ayrildi.

Mavzuga oid