Jahon | 08:56 / 02.03.2018
7632
1 daqiqa o‘qiladi

FTB Ivanka Trampning xalqaro shartnomasini tekshirmoqda

Foto: Getty Images

AQSh FTB Ivanka Trampning xalqaro shartnomalaridan birini o‘rganmoqda, deb xabar beradi CNN ikki manbaga asosan.

Ularning so‘zlariga ko‘ta, FTB Vankuverdagi Trump International mehmonxonasi va minoraga aloqador bo‘lgan kelishuvlar bo‘yicha muzokaralar hamda moliyalashtirish jarayonini o‘rganib chiqmoqda.

Ta'kidlanishicha, Ivanka Tramp prezidentning maslahatchisi sanaladi, tekshiruv oddiy jarayondir. FTB ham Ivanka Trampning, ham uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushnening xalqaro shartnomalarini jiddiylik bilan o‘rganmoqda. Bu «balki ulardan biri xorijiy agentlar, jumladan Xitoy tomonidan bosim ko‘rinishidagi tahdidga uchraganini» aniqlash uchun kerak.

Mavzuga oid