Yolg‘on xabar: «Kun.uz» saytiga tuhmat qilindi
Ijtimoiy tarmoqda go‘yoki «Kun.uz» sayti 1 mart kuni «Markaziy bank 8-mart xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bank plastik kartasidan foydalanuvchi barcha ayollarga eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida pul mukofoti tarqatishi» haqidagi xabarni bergani muhokama qilinmoqda.
«Kun.uz» shuni ma'lum qiladiki, saytda bunday xabar berilmagan, qo‘lda yasalgan linkning saytga aloqasi yo‘q.
Saytdagi xabarlar linklari quyidagi skrinshotdagidek ko‘rinishida bo‘ladi, linkda sarlavhadagi so‘zlar chiziqcha bilan ajralgan.
Markaziy bank bilan bog‘langan linkda esa bunday emasligi ko‘rinib turibdi.
«Kun.uz» sayti tahririyati o‘z o‘quvchilari va internetning boshqa barcha foydalanuvchilaridan saytga tuhmat qilganlarning so‘zlariga ishonmaslikni, bu yolg‘on tarqalishida ishtirok etmaslikni so‘raydi.
Mavzuga oid
19:16 / 12.12.2024
“Eski namunadagi 100 dollarlik kupyuralarni ayirboshlashda cheklovlar yo‘q” – Markaziy bank
13:16 / 12.12.2024
Markaziy bank asosiy stavkani 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
14:41 / 11.12.2024