Sport | 16:50 / 04.03.2018
22820
1 daqiqa o‘qiladi
Italiya terma jamoasi a'zosi 31 yoshida vafot etdi
«Fiorentina» va Italiya terma jamoasi a'zosi Davide Astori mehmonxona nomeridan jonsiz holda topildi.
Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi Udinedagi mehmonxonada vafot etgan. U jamoasi bilan A Seriyaning 27-turi doirasida «Udineze»ga qarshi o‘yinda ishtirok etish uchun kelgandi.
Klub matbuot xizmati jamoa sardori vafot etgani haqidagi ma'lumotni tasdiqlagan, fojia tafsilotlari ma'lum qilinmayapti.
Futbolchining o‘limi tufayli «Udineze» — «Fiorentina» o‘yini qoldirilgan.