Jahon | 19:30 / 07.03.2018
26161
2 daqiqa o‘qiladi

2 yoshli bola onasining iPhone’ini 47 yilga blokka tushirib qo‘ydi

Foto: A42.RU

Xitoyning Shanxayida 2 yoshli bola onasining iPhone’ini 47 yilga blokka tushirib qo‘ydi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar bermoqda. 

Onaning aytishicha, u farzandiga smartfonda ta'lim beruvchi videoni qo‘yib, o‘zi boshqa ishga unnab ketgan. Ayol qaytib kelganda, nimadir sodir bo‘lib, smartfoni 25 million daqiqa yoki 47 yilga bloklanib qolganini aniqlagan. 

Taxmin qilinishicha, telefon blokka tushib, boladan telefonni blokdan chiqarish uchun parol kiritish so‘ralgan.   

Bola ham qatorasiga noto‘g‘ri raqamlar kiritib tashlagan. Natijada parolni yana kiritish mumkin bo‘lgan vaqt 47 yilgacha yig‘ilib qolgan. 

Ayol smartfonini ustaxonaga olib borgan, biroq usta hech narsa qilib bo‘lmasligini, uning amaliyotida telefon 80 yilga bloklanib qolgan holat ham bo‘lganini aytgan. 

Endi ayol befoyda bo‘lib qolgan telefonini tashlab yuborish yoki uni nabiralariga “bu otangizning xatosi edi” degancha 47 yildan keyin blokdan chiqarish uchun qoldirish haqida fikrlamoqda.

Mavzuga oid