O‘zbekiston | 13:05 / 07.03.2018
11548
4 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekekspertiza»ga yangi rahbar tayinlandi

Foto: O‘zbekekspertiza

«O‘zbekekspertiza» AJ Kuzatuv kengashi umumiy yig‘ilishining qarori bilan Ulug‘bek Abdug‘aniyev bosh direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi axborot xizmati xabar bergan.

Ulug‘bek Abdug‘aniyev ilgari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit tashkilotlari inspeksiyasi departamentida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. U bu lavozimda Rahim Davronovni almashtirdi. R.Davronov aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish va monopol bo‘lmagan xizmat turlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha direktor lavozimiga tayinlandi.

«O‘zbekekspertiza» AJda o‘tkazilgan yig‘ilish davomida kompaniyaning faoliyati tanqidiy tahlil qilindi va tashkilot rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

«Hozirgi kunga qadar, tashqi iqtisodiy faoliyat uchun TN-kodlar aniqlashini ekspertizadan o‘tkazish va ekspert xulosalarini taqdim etish, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga qadar qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirilmoqda, – deydi tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev. - Kompaniyaning sinov kompleksi «O‘zstandart» agentligi tomonidan akkreditatsiyalanganligiga qaramasdan, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi kabi qator sohalarda laboratoriya tadqiqotlari natijalari xalqaro standartlarga javob bermaydi».

Vazir shuningdek, «O‘zbekekspertiza» AJ mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlardan chetda tura olmasligini va qisqa vaqt ichida chet el va mahalliy tadbirkorlar uchun ko‘rsatiladigan xizmatlarning samaradorligini oshirishga, jamiyat faoliyatining barcha sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishiga qaratilgan o‘zining kompleks islohotlarini amalga oshirish va taqdim etilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirishi zarurligini ta'kidladi.

Aktsiyadorlik jamiyatining asosiy vazifasi O‘zbekiston tadbirkorlariga yangi bozorlarga chiqish va Respublikaning tashqi iqtisodiy faoliyatida ishtirokini kengaytirishga ko‘maklashishdir. Tashqi savdo vazirining so‘zlariga ko‘ra, kompaniyadagi hozirgi holat, mamlakatdagi tashqi savdo hajmini oshirish, faol va muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan liberalizatsiya siyosatiga mos kelmaydi.

Aktsiyadorlik jamiyatining oldiga, laboratoriya uskunalarini bosqichma-bosqich modernizatsiyalash va yangilash, xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy laboratoriya sinovi usullarini joriy etish topshirildi. Shuningdek, «O‘zbekekspertiza» AJga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini bilan ishlash, kadrlar tayyorlash va mehnat haqlarini to‘lash siyosatini qayta ko‘rib chiqishi zarur. Boshqa asosiy vazifalar qatorida, davlat xizmatlari ko‘rsatishning elektron tizimi «Yagona darcha»ga integratsiya qilish va kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini va qulayligini oshirishga yo‘naltirilgan boshqa innovatsiyalarni ishga tushirish.

Ulug‘bek Abdug‘aniyev 1977-yilda tug‘ilgan, TDIUning «Buxgalteriya hisobi va Audit» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasiga ega. Shuningdek, U.Abdug‘aniyev Koreya Respublikasining «KAIST» ilg‘or ilmiy texnologiyalar institutini tamomlagan, magistr darajasiga ega.

Mavzuga oid