Hindistonda qoplon gavjum ko‘cha o‘rtasida o‘tkinchiga hujum qildi
Hindistonning Indaura shahrida qoplon gavjum ko‘cha o‘rtasida erkak kishiga hujum qildi. Megapolis markazida ushbu yirtqich qanday qilib paydo bo‘lib qolgani noma'lum.
Yirtqichni mahalliy aholi vakillari ko‘rib qolgan, aynan ular tezkor xizmatlarga xabar berishdi. Politsiyachilar yetib kelganida qoplon qurilayotgan bino ichiga kirib olgani aniqlandi. Undan chiqish joylarini maxsus to‘r bilan o‘rab olishga to‘g‘ri keldi, bu hayvonni tutish uchun kerak edi, deb yozmoqda «Zvezda».
Biroq yirtqich erkaklardan biriga hujum qilishga ulgurdi hamda uni yerga yiqitgan. Xabar berilishicha, o‘tkinchi shaxs ushbu «jang»da jabr ko‘rmadi. Qoplonni tinchlantirish uchun maxsus preparatdan foydalanishga to‘g‘ri keldi. Ta'kidlanishicha, yirtqichni veterinarlar ko‘zdan kechiradi, so‘ng u yovvoyi tabiatga qo‘yib yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda o‘zini o‘lganga solgan bo‘ri ovchiga tashlangani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:07
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
20:02 / 17.12.2024