Fan-texnika | 22:45 / 10.03.2018
10419
2 daqiqa o‘qiladi

Mashinalar o‘rniga piyodalar: Mask Boring Company tunnellari g‘oyasini o‘zgartirdi

10 martga o‘tar kechasi Ilon Mask tunnellar qurish bilan shug‘ullanuvchi o‘zining The Boring Company kompaniyasi g‘oyasiga o‘zgarishlar kiritilgani haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, endi afzallik haydovchilarga emas, piyodalar va jamoat transportiga beriladi. Endi yer osti transport tunnellari birinchi navbatda piyodalar va velosipedchilarni tashiydi. Boshidan transport tizimi shahar ichida shaxsiy mashinalarni tez yetkazish uchun loyihalangan.

“Biz avvalgidek mashinalarni tashiymiz, biroq personallashtirilgan jamoat transportidagi barcha ehtiyojlar qondirilgandan keyin. Bu halollik masalasidir. Kimdir mashina xarid qila olmasa, uni oldinga qo‘yib yuborish kerak”, deb aytgan Mask. 

Maskning aytishicha, The Boring Company transport tizimi bir parkovka joyi o‘lchamida minglab stansiyalar joriy qilinishini ko‘zda tutadi. Uning fikricha, nisbatan kichik o‘lchamli “kapsula”lar piyodalar oqimini metrodan ko‘ra yaxshiroq eplay oladi.

Mask yo‘lovchilarni belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha tashiydigan transport stansiyasi demo-roligini taqdim qilgan. Videoda bunday kapsulalar 200 km/soat tezlikkacha erisha olishi ko‘rsatilgan. 

The Boring Company Los-Anjyeles (uzunligi 3,2 km) va Baltimorda (20 km) yer osti tunnellari qurmoqda.

Mask 2017 yil aprelda taqdim qilgan roliklarda maxsus harakatlanuvchi platformalarda avtomobillar tashilishi ko‘rsatilgan. Ushbu loyiha shaharni tirbandliklardan xolos etish usuli sifatida o‘ylangan.

Mavzuga oid