Sport | 10:00 / 11.03.2018
25407
2 daqiqa o‘qiladi

Video: «Vest Hem» sardori maydonga tushib kelgan muxlisni urdi

«Vest Hem» sardori Mark Nobl Angliya chempionatining 30-turida «Byornli»ga qarshi o‘yin vaqtida yuzaga kelgan tartibsizliklar fonida maydonga tushib kelgan muxlislardan birini urib yiqitdi.

U muxlisni kaltaklashni boshlaganida boshqa futbolchilar uni ajratib olib ketishdi.

O‘yindan keyin Nobl bu voqea borasida izoh berdi.

«Bu anchadan buyon davom etmoqda. Buni faqat g‘alaba qozonsak to‘xtatishimiz mumkin. Ammo biz yuta olmayapmiz. Faqat g‘alaba muxlislarni tinchlantirishi mumkin. Biz ularning xafagarchiliklarini to‘g‘ri tushunamiz. Lekin agar ular bizni qo‘llab-quvvatlashmasa, yana yutqazib qo‘yaveramiz. Bunday muhit hukm surar ekan, biz o‘ynay olmaymiz.

Odamlar biz futbolchilar ekanimizni tushunishi kerak. Biz o‘zimizni himoya qila olishimiz kerak. Maydonga ko‘p muxlislar tushib ketishdi. Ular bu harakatlari orqali rahbariyatga bo‘lgan g‘azablarini bildirishdi. Men esa o‘zimga tashlanishganida o‘zimni himoya qilishim kerak.

Futbolda faqat g‘alabalarni qadrlashadi. Lekin «Vest Hem» ham boshqa istalgan jamoa qatori, «Manchester Siti»ni hisobga olmaganda, yutqazishi mumkin bo‘lgan jamoadir. Bizga hozir qiyin, muxlislar rahbariyatdan qattiq norozi. Jamoadagi ko‘p futbolchilar avval bunday holatga tushishmagan», degan Nobl.

Mavzuga oid