Jahon | 00:10 / 14.03.2018
23946
2 daqiqa o‘qiladi

Tillerson xayrlashuv brifingida Rossiyaga qarshi fikrlar bildirdi

Foto: BBC

AQShning sobiq davlat kotibi Reks Tillerson Davlat departamentida bayonot bilan chiqish qildi. U bugun AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan iste'foga chiqarildi va uning o‘rniga Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Mayk Pompeo tayinlandi.

Tillerson xayrlashuv brifingida Rossiya olib borgan siyosat uni izolyatsiyaga olib kelganini ma'lum qildi.

U Rossiyaning yakkalanib qolishi hech kimning manfaatlariga mos emasligini qayd etgan.

«Rossiya hukumatining harakatlari olib keladigan xavotirlar bo‘yicha hali juda ko‘p ishlarni amalga oshirish kerak», — degan Tillerson.

U o‘zining vakolat muddati rasman 31 mart kuni yakunlanishi, lekin o‘zi hozirdan shaxsiy hayotga qaytmoqchiligi, shu tufayli uning vazifalarini o‘rinbosari Jon Sallivan bajarib turishini ma'lum qildi.

«Eng asosiysi — bu vaqt davomida vakolatlar yangi rahbarga osoyishtalik bilan o‘tishi, bu o‘zgarishlar davrida mamlakat siyosat va milliy xavfsizlikda jiddiy muamolar bilan to‘qnashmasligidir», — deya qayd etgan Tillerson.

Mavzuga oid