Jahon | 10:25 / 16.03.2018
11621
2 daqiqa o‘qiladi

«Harbiy to‘ntarish bo‘lgandi» - Mugabe bayonot bilan chiqdi

Foto: Global Look Press/Kay Nietfeld

Zimbabve sobiq prezidenti Robert Mugabening ma'lum qilishicha, harbiy to‘ntarish natijasida hokimiyat tepasidan chetlatilgan. 2017 yilning noyabrida bo‘lib o‘tgan hodisalardan so‘ng siyosatchi bilan uyushtirilgan ilk intervyu Janubiy Afrikaning SABC telekanali tomonidan e'lon qilindi.

Sobiq prezidentning ta'kidlashicha, «ba'zilar bu harbiy to‘ntarish bo‘lganini tan olgisi kelmayapti», biroq, uning fikricha, Emmerson Mnangagva hokimiyat tepasiga armiya qo‘llab-quvvatlovisiz kelishi mumkin emasdi.

«Men o‘zim tarbiyalab, hukumatga olib kelgan, dorga osilishi mumkin bo‘lgan paytda hayotini saqlab qolishga shuncha harakat qilgan Mnangagva bir kun kelib menga qarshi chiqishini hech qachon o‘ylab ham ko‘rmagandim», - deya Zimbabve sobiq prezidentining so‘zlarini keltiradi TASS.

Eslatib o‘tamiz, 93 yoshli Robert Mugabe egallab turgan lavozimini 2017 yilning noyabr oyi oxirida tark etdi. Siyosatchi jinoiy ta'qibdan daxlsizlik evaziga iste'foga chiqishga rozi bo‘ldi. Bundan tashqari, Mugabe umrining oxiriga qadar pensiya oladi. Sobiq prezidentga har oyda taxminan 150 ming dollar to‘lanadi.

Mavzuga oid