Semizlikning inkor qilib bo‘lmaydigan zarari isbotlandi
Glazgo Universiteti olimlari ortiqcha vazn yurak uchun foydali bo‘lishi mumkinligiga oid "semizlik paradoksi"ni inkor etishdi. European Heart Journal'da shunga doir tadqiqot natijalari taqdim etildi.
Mutaxassislar 296 535 nafar o‘rta yoshli yevropalikning tibbiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilib chiqishdi va tana massasi indeksi normasining kvadrat metrga 22-23 kilogrammga oshishi yurak-qon tomir kasalliklari rivoji bilan tahdid solishini aniqlashdi.
Kasallik rivoji ehtimoli ayollarda har ortiqcha 5,2 kilogramm, erkaklarda esa 4,3 kilogramm uchun 13 foizni tashkil qiladi.
Olimlar mazkur tadqiqot semizlikning yurak-qon tomir va diabet kasalliklari paydo bo‘lish ehtimoliga ta'sir qilmasligiga doir gipotezani inkor qilishini ta'kidlashmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, faqat normal tana massasigina bunday kasalliklarning paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.
Mavzuga oid
12:13
“O‘zbekistondagi nosvoylardan 10 xil zaharli modda aniqladik” - Yaponiyadagi o‘zbek olimi yangi tadqiqoti haqida
11:19 / 24.12.2024
Atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin – tadqiqot
12:59 / 18.12.2024
Olimlar Marsda suv topish ehtimolini baholadi
16:31 / 16.12.2024