Jahon | 08:20 / 17.03.2018
31875
2 daqiqa o‘qiladi

Plastik idishlardagi suv orqali organizmga qancha plastik tushishi aniqlandi

Foto: Fotolia

Nyu-York shtati universiteti olimlari plastik idishlarga qadoqlangan suvning bir litrida mikroplastikning o‘rtacha 325 zarrachasi bo‘lishini aniqlashdi. 

Kimyogarlar o‘z tadqiqotlarida Yevropa, Afrika, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerikadagi 9 ta davlatda ishlab chiqariluvchi 259 ta plastik idishni o‘rganib chiqishdi. Tanlab olingan namunalar orasida dunyoga taniqli brendlar idishlari ham bo‘lgan.  

Kimyoviy tahlil barcha idishlardan faqatgina 17 tasida mikroplastik izlari bo‘lmaganini, qolganlarida esa mikroplastikdan bir litr suvga 10 ming zarracha borligini ko‘rsatgan. Topilgan zarrachalardan aksariyati 6 mikrometrdan 100 mikrometrgacha o‘lchamda bo‘lgan, bu esa taxminan inson sochi qalinligiga tengdir.

Bunda mikroplastikning katta qismi idishlarning qopqog‘i tayyorlanadigan polipropilen ekanligi aniqlangan.

Avvalroq olimlar insoniyat plastik qadoqlash idishlari texnologiyasi paydo bo‘lgandan keyin taxminan 8 mlrd tonna plastikni tayyorlaganini aniqlashgandi. Bu miqdordan uchdan ikki qismi chiqindixonalarda va Dunyo okeani sirtidagi “chiqindi dog‘larida” saqlanadi.

Mavzuga oid