O‘zbekiston | 12:15 / 27.03.2018
18642
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Afg‘oniston masalasi «Tolibon» vakillarisiz hal bo‘lmasligini aytmoqda

Foto: O'zbekiston24

AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennon Afg‘oniston masalasini «Tolibon» harakati vakillarisiz hal qilib bo‘lmasligini ta'kidlamoqda. Uning aytishicha, «Tolibon» harakati muzokaralar yakuniga yetgunga qadar har qanday qurolli to‘qnashuvlarni to‘xtashi lozim.

Anjumanda ishtirok etayotgan Kun.uz muxbirining xabar berishicha, AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Afg‘oniston masalasida barcha manfaatli tomonlar bilan murosa zarurligini ta'kidlagan.

«Uzoq yil davom etgan urushlar mamlakatni holdan toydirdi. Bugunga kelib, uning tinchligi va mintaqada barqarorlikka erishish uchun AQSh barcha ko‘makni berishga tayyor», deydi u.

Eslatib o‘tamiz, 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan «Tinchlik jarayoni xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiya​da «Tolibon» harakati​ vakillari ishtirok etmayapti.

Mavzuga oid