Lavrov: Afg‘onistondagi vaziyat salbiy tomonga o‘zgarmoqda
Afg‘onistondagi vaziyat toliblar va ishidchilarning faollashayotgani ortidan salbiy tomonga o‘zgarmoqda. Afg‘oniston muammolariga bag‘ishlangan Toshkent konferensiyasida ma'ruza qilgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov shunday bayonot berdi.
“Afg‘onistondagi vaziyat izdan chiqishda davom etmoqda. Afg‘onistondagi turli kuchlar o‘rtasida siyosiy jarayonning mavjud bo‘lmasligi ortidan toliblar harakati mamlakat hududining deyarli 50 foizini to‘liq yoki qisman nazorat qiladi. Faol jangovar harakatlar olib borib, qo‘poruvchiliklar uyushtirmoqda. Ayniqsa, IShID jangarilarining, birinchi galda, Afg‘onistonning MDH mamlakatlari bilan chegaradosh shimoliy hududlariga kirib kelishi kengayib borayotgani alohida tashvish uyg‘otadi”, - dedi Sergey Lavrov.
“U yerda boshpanalar tashkil etilmoqda, Markaziy Osiyo, Rossiya va boshqa davlatlardan kelganlar bu yerda jangovar tayyorgarlikdan o‘tmoqda. Biz bunda mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka nisbatan bevosita tahdidni ko‘rmoqdamiz”, - deb qayd etdi Lavrov.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondan kelib chiqayotgan jiddiy tahdidlardan yana biri giyohvand moddalari bilan bog‘liq jinoyatchilikdir.
"BMTning narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili opiy yetishtirish bo‘yicha navbatdagi rekord o‘rnatilgan. Afg‘on geroini nafaqat Afg‘onistondagi terrorchilar va ekstremistlarga, balki boshqa davlatlardagi jinoyatchilarga ham sezilarli moliyaviy manba bo‘lmoqda", - degan Rossiya tashqi ishlar vaziri.
Lavrov Afg‘onistonda barqaror tinchlik o‘rnatish shartlari xususida ham fikr bildirib, mamlakat hukumati va toliblar o‘rtasida amaliy muloqot o‘tkazish yo‘li bilan tinchlikka erishish mumkinligini ta'kidladi. “Albatta, ziddiyatni kuch ishlatish yo‘li bilan hal etib bo‘lmaydi. Tarixiy tajriba va bugungi kun holatidan kelib chiqqanda harbiy yo‘l bilan muammoni hal etish mumkin emasligi namoyon bo‘ladi. Faqatgina Afg‘on hukumati va “Tolibon” harakati o‘rtasida muloqot yordamida haqiqiy tinchlik va barqarorlikka erishish mumkin”, - dedi Lavrov.
Mavzuga oid
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
17:52 / 07.12.2024
Qirg‘iziston prezidenti AQSh va Yevropani «Tolibon»ni tan olishga chaqirdi
13:37 / 06.12.2024
Kaya Kallas Maltada Lavrov bilan muloqot qilmaydi
12:14 / 06.12.2024