Xitoy dunyodagi eng yirik kemasozlik kompaniyasini yaratmoqchi
XXR hukumati ikkita eng yirik kemasozlik kompaniyasi - China State Shipbuilding Corp. (CSSC) va China Shipbuilding Industry Corp. (CSIC) birlashishiga dastlabki ruxsatnoma berdi. Bu haqda Bloomberg bir necha manbalarga asosan xabar qilmoqda.
Ekspertlarning ta'kidlashicha, agarda bu ish amalga oshadigan bo‘lsak, kemasozlik bo‘yicha gigant paydo bo‘ladi, u Xitoy kompaniyalarining ushbu bozordagi asosiy raqiblarini ortda qoldirishi mumkin.
Aniqlik kiritilishicha, birlashgan kompaniyaning daromadi 508 mlrd yuan ($81 mlrd)ga yetadi.
CSSC va CSIC 1999 yilning iyulida mamlakat mudofaa kompaniyalari o‘rtasida raqobat hamda samaradorlikni oshirish bo‘yicha rejalar doirasida tashkil etilgandi.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
22:04 / 03.09.2024