Sport | 16:02 / 31.03.2018
15478
1 daqiqa o‘qiladi

Garri Kasparov JCh-2018ni boykot qilishga chaqirdi

Foto: Grand Chess Tour

Rossiyalik grossmeyster, 13-jahon chempioni Garri Kasparov xorijiy siyosatchilarni Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatini boykot qilishga chaqirdi. Sportchi va muxolifatchining xabari Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasida e'lon qilingan.

«Men, odatda, sport voqealarini kech bosqichda boykot qilishga qarshi chiqaman, sababi bu, mening fikrimcha, faqat sportchilarga zarar keltiradi.

Biroq men Moskvadagi rejim va Rossiya rahbariyati tomonidan sodir etilayotgan dushmanlik kayfiyatidagi harakatlar siyosiy boykot qilinishi tarafdoriman», - deya ma'lum qilgan shaxmatchi. 

U Buyuk Britaniyada GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal hamda uning qizi zaharlanishini Rossiya tomonidan dushmanlik kayfiyatidagi harakatlardan biri sifatida keltirgan.

Mavzuga oid