Jahon | 09:30 / 01.04.2018
16432
1 daqiqa o‘qiladi
AQShning Peterburgdagi konsulligi binosidan bayroq olib tashlandi
AQShning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulligi binosidan AQSh bayrog‘i olib tashlandi. Ushbu holat videosi Ruptly saytida joylashtirilgan.
Konsullikning ikki xodimi 3-qavat balkoniga chiqib, bayroqni tushirishgan.
AQShning bosh konsulligini yopish qarori 29 mart kuni e'lon qilingan. Bu Rossiyaning Sietldagi konsulligi yopilishi va elchixonasining 48 xodimi chiqarib yuborilishiga javob chorasi bo‘lgan.
Vashington o‘z harakatlarini Moskvani Sergeya Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlashda ayblayotgan Buyuk Britaniya bilan yakdilligi bilan tushuntirgan.
Mavzuga oid
00:30
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024