Hindiston iqtisodiyoti: «yo‘lovchi ko‘p, manzil uzoq, ammo biz - birinchi»
Hindistonga tashrif buyurgan har qanday kishini temir yo‘llardagi qatnov hayratga solishi bor gap. Har kuni 23 milliondan ortiq yo‘lovchilarni manziliga yetkazib qo‘yuvchi vagonlar quyoshgacha bo‘lgan masofani bir necha marta bosib o‘tadi. To‘xtalishlar, reyslarning bekor qilinishi, eskirgan poyezdlar - mahalliy aholi uchun odatiy holga aylanib ulgurgan. Mamlakat poytaxti Dehli shahridan tijorat markazi Mumbayga qadar 14 soat yo‘l yurish kerak. Shunday sayohat Xitoyda 4 soat - Pekin va Shanxay o‘rtasida kechadi.
Shunga qaramasdan, har yili barqaror 7 foizdan o‘sib borayotgan iqtisodiy rivojlanish temir yo‘l qatnovi jadvalidan ko‘ra ishonchli va mustahkam ekanini isbotlamoqda. Masalan, o‘tgan yigirma yil ichida Hindiston YaIM 2 baravar o‘sdi. Biroq aholi o‘rtasida qashshoqlik va ishsizlik ham kun sayin ortib bormoqda. Va qachonlardir hindlarning rivojlanishi Xitoy ekspress poyezdining changida qolib ketgani ham haqiqat edi.
2017 yilda iqtisodiyoti deyarli sekin harakatlangan Hindiston endilikda bu borada reaktiv tezlikka erishmoqda. Dekabrdan keyingi 3 oyda o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 7,2 foiz o‘sish ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan hind iqtisodiyoti Xitoyni (6,8 foiz) ortda qoldirdi. Ya'ni Hindiston dunyoning eng tez rivojlanayotgan katta iqtisodiyoti maqomiga yana erishdi. 2018 yilning keyingi choraklari ham shunga yaqin natijalar bilan yakunlanishi prognozlashtirilmoqda.
Narendra Modi tarafdorlari o‘tgan 4 yil ichida mamlakatda o‘tkazilgan tuzilmaviy islohotlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Gap shundaki, Hindiston siyosiy aralashuvlar davridan chiqib, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga qayta murojaat etmoqda. 2016 yil oxirida o‘tkazilgan «demonetizatsiya» jarayoni mos davrning birinchi yarim yilligida iqtisodiyotdagi o‘sishni 5,7 foizgacha tushib ketishiga sabab bo‘ldi. Yangi banknotalar muomalaga chiqarildi, iyulda hayot normal holatga kelgandek bo‘ldi, biroq yangi mahsulot va xizmatlar solig‘i yuzlab mahalliy va umumdavlat soliqlari o‘rnini egalladi, yuz berayotgan jarayon yana bir bor iqtisodiyotni chalkashliklarga solib qo‘ydi.
Hindistonni yagona bozorga aylantiradigan soliqni tiklash, oxir-oqibat o‘sish sur'atlarini oshib borishiga imkon yaratdi. Tahlilchilar kelgusi yaqin yillarda Hindiston iqtisodiy portlashni boshdan kechirishini taxmin qilmoqda. Yangi iqtisodiy silkinishlar yuz bermasa, amaldagi hukumat 2019 yilgi saylovlarga xotirjam kirib borsa ham bo‘ladi. Mehnat bozorida har oyda 1 millionga yaqin ishsiz kishilar qo‘shilmoqda, iqtisodiyot o‘sish sur'ati esa 7 foiz atrofida, 100 000 kishi uchun yaratilgan ishchi o‘rniga 20 million odam da'vo qilmoqda. 15-29 yoshdagi aholining 1/3 qismi ishlamaydi, o‘qimaydi yoki biron xizmat bilan band emas. O‘zbekcha qilib tushuntirganda, Hindistonning uyushmagan yoshlari shuncha kishini tashkil etadi.
Shunga qaramasdan, Xitoy modelida rivojlanish yo‘liga o‘tib olgan Hindistonda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, xorijiy sarmoyani olib kirish tartibi ancha soddalashtirilgan. Ammo sanoatni yuritish uchun muhim bo‘lgan komponentlar, jumladan, temirdan tortib to ko‘mir, bank ishi yoxud plastik ishlab chiqarish ham qisman davlat nazoratiga olingan. Ayrim soha vakillari xorijiy sarmoyalarni jalb etish bo‘yicha harakatlarni boshlagan - banklar tez orada katta kredit liniyalarni ochishi murakkab vazifaga aylanishi mumkin. Noqonuniy yoki qonundan tashqari aylanayotgan kreditlarning umumiy bozordagi ulushi 70 foizdan ortiq davlat qarz beruvchi byurolarining 1/5 ga teng.
Hindistonning rivojlanishiga katta turtki bo‘lgan omil - jahon iqtisodiyoti, ochiq va erkin savdo iqlimi bo‘ldi. Ikkinchi holat esa o‘zgarib bormoqda. Chunki hind AT kompaniyalari AQShning ilmiy-texnikaviy sohada tutgan davlat siyosatiga qarshi turish uchun yangi boj tariflarini joriy etishni yoqlab ovoz bermoqda. Hindiston ochiq va erkin savdo iqlimidan qisman voz kechib, elektrotexnika vositalariga davlat bojini sezilarli darajada oshirishi kutilmoqda.
Hindiston ana shunday mamlakat: u bir vaqtning o‘zida umidlarni so‘ndirib, birdan g‘ayratni oshiradi. Eng muhimi, poyezd uzoq yursa ham, cheksiz yo‘lovchini manzilga eltib boradi.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
21:28 / 19.12.2024
2025 yilda 43 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda
21:11 / 19.12.2024