Jahon | 14:55 / 06.04.2018
10489
1 daqiqa o‘qiladi

Jalolobodda yo‘qolgan ot O‘zbekiston hududidan topildi va egasiga qaytarildi

Foto: Pixabay

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Aksiysk tumanidan yo‘qolib qolgan ot O‘zbekiston hududida topildi va egasiga qaytarildi. Bu haqda Jyerge-Tal qishlog‘ida yashovchi Anorbek Akbarali o‘g‘li xabar berdi, deb yozmoqda Turmush.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 23 mart kuni qishloqdan 4 qoramol va 1ta otni o‘g‘irlab ketishgan, bu hayvonlar ikki oilaga tegishli bo‘lgan.

«14 kun avval Jyerge-Tal qishlog‘ida noma'lum shaxslar 4ta qoramol va 1ta otni o‘g‘irlab ketdi. Biroq, ot O‘zbekiston hududida topildi va egasiga qaytarildi. Bugungi kunga kelib yo‘qolgan qoramollar hozircha topilmadi», - deya aytib o‘tgan A.Akbarali o‘g‘li.

Mavzuga oid