Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining navbatdagi videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Yig‘ilishni Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuhamedov olib bordi.
Yig‘ilishda respublika idoralararo komissiyasi a'zolari, shuningdek, komissiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardagi hududiy tuzilmalari raislari va a'zolari qatnashdilar.
Yig‘ilishda odam savdosiga qarshi kurashish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan, joriy yilning fevral va mart oylarida Samarqand va Buxoro viloyatlarida o‘tkazilgan monitoring natijalari muhokama etildi. Bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, Respublika Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning monitoring olib borilgan viloyatlarda yashash manzillaridan uzoq muddatga ketib qaytgan, deportatsiya qilingan, jabrlangan, Vatanga qaytish guvohnomasi bilan qaytib kelgan fuqarolar bandligini ta'minlash, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularda aniqlangan turli kasalliklarni davolash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari muhokama etilib, Samarqand va Buxoro viloyatlari bo‘yicha hududiy komissiyalari raislarining ushbu yo‘nalishdagi hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilish yakunida Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tomonidan kelgusida boshqa hududlarda ham monitoring o‘tkazilishi rejalashtirilib, kelajakda amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.
Mavzuga oid
21:56 / 26.11.2024
Rossiyada 174 ming nafar politsiyachi yetishmayotgani ma’lum bo‘ldi
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
16:11 / 17.11.2024
Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlari kengaytirildi
17:34 / 04.09.2024