Jahon | 15:35 / 09.04.2018
7016
2 daqiqa o‘qiladi

Tarantino va Koppola filmi jahondagi eng yaxshi rejissyorlarning eng yomon kartinalari ro‘yxatiga kirdi

Foto: Reuters

Business Insider saytida butun jahonga mashhur rejissyorlar tomonidan suratga olingan eng yomon filmlar reytingi e'lon qilindi.

Rotten Tomatoes kinotanqidchilari retsenziyalardan agregator-sayt baholashlari asosida 44 kartina tanlab olindi, ular 70 foizdan ortiq reytingni to‘play olmadi. Yakunda antitopdagi yetakchilikni Jon Singltonning bosh rollarda Teylor Lotner va Lili Kollinz bo‘lgan «Ta'qib» filmi qo‘lga kiritdi. U 2011 yilda suratga olingan bo‘lib, reytingi – atigi 4 foiz.

Frensis Ford Koppola ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Uning 2000 yilda suratga olingan «O‘ta yangi» kartinasi tanqidchilarning 10 foizi tomonidan ma'qullandi. Garold Ramisning «Jannat» klubi» kurort komediyasi (1986) 11 foiz bilan uchinchi o‘rinda. Brem Stokerning vampirlik romani komediyali talqini, Mel Bruks tomonidan 1995 yilda suratga olingan «Drakula: O‘lik va ko‘ngli to‘lgan» 11 foiz bilan to‘rtinchi pog‘onani egalladi. 

Eng yaxshi rejissyorlarning top-5 yomon filmlari ro‘yxatiga Kventin Tarantinoning «To‘rtta xona» filmi yakun yasab berdi. 1995 yilda chiqqan kartinaga Rotten Tomatoes’da 14 foizlik baho berishgan.

Mavzuga oid